Telefonni ko‘z sathidan biroz yuqoriroq ko‘tarib, pastga qaratib tushish yuzni ixchamroq va iyakni aniqroq ko‘rsatadi.
Ko‘p telefonlarda orqa kamera old kameraga qaraganda sifatliroq surat oladi. Taymerdan foydalanib, orqa kamerada selfi tushishga harakat qiling.
Oddiy ko‘rinsa-da, ko‘p hollarda loyqa suratlarga kir kamerasining sabab bo‘ladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri kameraga qaramasdan, yuzni chap yoki o‘ng tomonga biroz burish yuz tuzilishini chiroyli ochib beradi.
Yuzingizni eng chiroyli ko‘rsatadigan burchakni topish uchun turli xil pozalarni sinab ko‘ring.
Kun chiqishi yoki botishidan oldingi vaqtda yorug‘lik juda yumshoq va iliq bo‘ladi, bu esa suratga o‘zgacha joziba bag‘ishlaydi.
Eng yaxshi selfilar deraza yonida yoki ochiq havoda olinadi. Yorug‘lik manbai to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzingizga tushishi kerak, orqangizga emas.